Markaziy Osiyoning moliyaviy bozorlari e'tibor markazida

Investitsiya institutlari milliy uyushmasi (IIMU) vakillari 2024-yilning 13-14-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan “XX Yevroosiyo obligatsiyalari kongressi”da faol ishtirok etdi.

Tadbirda jahon bozorlaridagi makroiqtisodiy prognozlar, Turkiya moliya bozori, MDH mamlakatlaridagi sarmoyaviy imkoniyatlar, islom banki va investitsiya g‘oyalari muhokama qilingan asosiy mavzular bo‘ldi.

IIMU raisi, professional mediator Bahodir Ataxonov va Uyushma direktorlar kengashi a’zosi, Portfolio Investments kompaniyasi rahbari Munir Yoqubov “Yevrosiyo makonining moliyaviy bozorlarida emitentlar va investorlar uchun imkoniyatlar” panel seksiyasida so‘zga chiqdilar. Umuman olganda, seksiya ma'ruzachilari Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari, Ozarbayjon va Rossiya vakillaridan iborat edi, Bahodir Otaxonov moderator sifatida ham qatnashdi.

Bahodir Ataxonov o‘z nutqida konferensiya ishtirokchilarini O‘zbekistonda davlat mulkini boshqarish va fond bozori sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, qonunchilikdagi yangiliklar va kapital bozorining “Tartibga solish qumdoni” bilan tanishtirdi, shuningdek, investitsiya nizolari va kelishmovchiliklarini bartaraf etishning muqobil usuli - mediatsiya qo'llanilishi haqida aytdi.

Munir Yoqubov konferensiya ishtirokchilari e’tiborini O‘zbekistonda iqtisodiyot jadal rivojlanayotgan sharoitda mamlakat kapital bozoridagi investitsiya imkoniyatlariga, ayqiqsa berilayotgan imtiyoz va preferensiyalarga qaratdi.

Konferensiya ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan javob oldilar, shuningdek, ushbu tadbir dasturi doirasida norasmiy tarzda fikr va kutilmalar bilan almashish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) doirasidagi integratsiya jarayonini hisobga olgan holda, ushbu tadbir Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon ishtirokchilari tegishli panel seksiyadagi ma'ruzachilaridan Turkiya Respublikasi moliya bozorining rivojlanish holati haqida ko'proq ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Konferentsiyada asosiy (key-note) ma'ruzachi Turkiya Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi (MKK) rahbari, Yevroosiyo markaziy depozitariylari uyushmasi (AECSD) raisi va Butunjahon Markaziy depozitariylar forumi (WFC) boshqaruv a'zosi Ekrem Arikan edi.

Davlat regulyatorlari yangiliklari

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech