Qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

2023-yilning 22-23-iyun kunlari Investitsiya institutlari Milliy Uyushmasining raisi Bahodir Ataxanov Qirg‘iziston Respublikasida birinchi marta o‘tkazilgan MDH davlatlarining XIX obligatsiyalar kongressida ishtirok etdi.
MDH davlatlarining obligatsiyalar kongressi har yili oʻtkaziladigan tadbir boʻlib, uning asosiy mavzulari mahalliy obligatsiyalar bozorlaridagi dolzarb tendentsiyalar, yevrobondlar bozorini rivojlantirish istiqbollari, mintaqa boy'icha makroprognozlar va yangi investitsiya imkoniyatlar va q'oyalar muhokamasiga qaratilgan.
Bahodir Ataxanov “Yangi voqelikda investitsiya imkoniyatlar – nafaqat fixed income” panel sessiyasida moderator va ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-102-son «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori misolida tadbir ishtirokchilarini O‘zbekistondagi investitsiya imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Qarorga ko‘ra 40 ta yirik davlat kompaniyalarining aksiyalari Xalq IPO orqali sotuvga chiqariladi.

Bishkekning Sheraton mehmonxonasida boʻlib oʻtgan ushbu obligatsiyalar kongressida 190 kishi, shu jumladan, Qirgʻizistonning fond birjasi, qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi, Omonatlarni himoya qilish agentligi, shuningdek, Davlat taraqqiyot banki, Osiyo banki rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida Qirgʻiziston ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, unda IIMU va uning aʼzolari haqida maʼlumotlar taqdim etildi.

2023-yil 7-sentabr kuni Toshkent shahrida Investitsiya institutlari milliy uyushmasi va Cbonds Congress tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” V xalqaro konferensiyasi o'tkaziladi.

Davlat regulyatorlari yangiliklari

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech