NAII «AsiaBerlin» sammitida

Investitsiya institutlari milliy uyushmasining (IIMU) raisi Ataxanov Bahodir Germaniya poytaxtida Berlin shahrining meri janob Kay Vegner raisligida o‘tkaziladigan yillik "AsiaBerlin" sammitida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir 2023 yil 12-15 iyun kunlari bo'lib o'tdi va "Asia Berlin Forum e.V." Assotsiatsiyasi tomonidan Yevropa mintaqaviy taraqqiyot fondi va Germaniya poytaxti Senati ko‘magida tashkil etildi.

Tadbir doirasida Bahodir Ataxanov Hindiston, Xitoy, Vetnam, Ispaniya va Germaniyaning turli kompaniyalari va ekspertlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Sammit tashkilotchilari vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda IIMU va uning aʼzolari bilan birgalikda shunday tadbir va loyihalarni oʻtkazish masalasi muhokama qilindi.

"AsiaBerlin" – Osiyo va Berlinda fayoliyat olib borayotgan investorlar va startap ekotizimlarini birlashtiradigan platforma. Uning asosiy tadbiri har yili oʻtkaziladigan AsiaBerlin sammiti boʻlib, unda siyosatchilar, loyicha tashabbuskorlari va investorlar soʻnggi texnologiya yoʻnalishlari va muammolarini muhokama qilish hamda Osiyo va Germaniya oʻrtasida transchegaraviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun uchrashadilar.

Davlat regulyatorlari yangiliklari

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech