Moliyaviy vositachilikning muammolari va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi

2024-yilning 18-20-aprel kunlari Samarqand shahrida Yevropa-Osiyo fond birjalari federatsiyasi (FEAS) tomonidan O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan xalqaro birja konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy kuni 19 aprel kuniga to'g'ri keldi va quyidagi mavzular bo‘yicha panel muhokamalaridan iborat bo‘ldi:

  • Moliyaviy bozorlar infratuzilmasi arxitekturasi;
  • Kapital bozorining rivojlanish tendentsiyalari va muammolari;
  • Kapital bozorlaridan tashqari: asboblar, texnologiyalar va sinergiyalar;
  • Moliyaviy vositachilik: biznes uchun muammolar va imkoniyatlar;
  • Savdodan oldingi va keyingi infratuzilma: harakatga ketiruvchi kuchmi yoki langarmi?
  • ESG va IR: jiddiy e'tibor talab qiladigan muammolar.

Konferensiyaning kapital bozorida vositachilik boʻyicha seksiyasiga Investitsiya institutlari milliy uyushmasining raisi Bahodir Otaxonov moderatorlik qildi. Ushbu panel sessiyasida Freedom Finance (Qozog'iston), Apricot Capital (Armaniston), Portfolio Investments, Alkes Research va Avesta Investment Group kabi investitsiya kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, Gruziya TBC bankining katta maslahatchisi taqdimotlari tinglandi.

Umuman olganda, mazkur xalqaro konferensiyada dunyoning 20 dan ortiq davlatidan yetakchi xorijiy tovar, fond va valyuta birjalari, kliring tashkilotlari, markaziy depozitariylar, tijorat banklari, investitsiya kompaniyalari, IT-kompaniyalari, xalqaro moliya va konsalting tashkilotlari vakillaridan iborat 200 dan ortiq delegatlar ishtirok etdi.

Anjuman so‘ngida 1994-yil aprel oyida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi va “Toshkent” Respublika fond birjasining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Davlat regulyatorlari yangiliklari

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech